Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi vakili Aybek Smadiyarov Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish ishlarini muvaffaqiyatli yakunlaganini ma’lum qildi.
«Shartnoma 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan va ikki davlat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Mazkur kelishuvning kuchga kirishi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha 19 yillik jarayon to‘liq yakunlanganini anglatadi», — dedi Smadiyarov.
Unga ko‘ra, 2357 kilometrlik chegara 1301 ta chegara belgisi bilan belgilangan va 8000 sahifadan ortiq hujjatda aks ettirilgan.