Twitter mikrobloglar xizmati va uning analogi Threads o’rtasidagi qarama-qarshilik tobora kuchayib bormoqda. So‘nggi kunlarda Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i raqobatchiga havolalarni olib tashlashni boshladi, deb yozadi The Verge.
Twitter foydalanuvchilari URL orqali qidiruvda Threads havolalarini topishga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan shikoyat qilmoqda. Shu bilan birga, xizmat boshqa so’rovlarni bajaradi.
Threads tezda butun dunyo bo’ylab mashhurlikka erishdi: xizmat ishga tushirilgandan so’ng besh kun ichida uning obunachilari soni 100 millionga yetdi.U hozirda eng tez rivojlanayotgan onlayn platforma hisoblanadi.