Birinchi olti oyda naqd pul tushumlari hajmi 30 foizga oshdi
eʼlon qilindi
Ko‘rsatkich 295,4 trillion so‘mga yetdi
2023-yilning yanvar-iyun oylarida naqd pul tushumlari hajmi 295,4 trillion so‘mni tashkil etdi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 30 foizga ko‘pdir.
Xususan, terminallar orqali naqd pul oqimi 2022 yilning birinchi yarmidagi 32,6 foizdan 2023 yilda mos ravishda 38,2 foizga oshgan.
Ushbu davrda bank kassa aylanmasi hajmi 369,7 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 16,9 foizga ko‘pdir. Banklarga naqd pul tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,8 foizga oshib, 182,4 trillion so‘mni tashkil etdi.