Yangiliklar

Qirg‘izistonda energetiklar reklamasi taqiqlandi

Bu Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining farmonidan kelib chiqadi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning farmoni asosida Qirg‘izistonda energetik ichimliklar reklamasini taqiqlash joriy etildi.

Foto: Shutterstock

Reklama cheklovlari tarkibida stimulyatorlar (guarana, taurin va jenshen), shuningdek, suv, shakar, kofein, minerallar va vitaminlar bo’lgan ichimliklarga nisbatan qo’llaniladi.

Rasmiylarga ko’ra, shakar va kofein ko’p bo’lganligi sababli bunday ichimliklardan foydalanish zararli hisoblanadi. Bir quti energetik ichimliklarda 100 mg gacha kofein bo‘lishi mumkin, bu oddiy kofe porsiyasidan sakkiz baravar ko‘pdir.