Qozog’iston O’zbekistonga qancha un va don beradi
eʼlon qilindi
Joriy mavsum oxirigacha
«Harvest Kazakhstan» MChJ direktori o‘rinbosari Kazibek Omarov 2023 yilning kuziga borib Qozog‘iston uni va bug‘doyining O‘zbekistonga eksporti 3,80-3,85 million tonnaga yetishini bashorat qilmoqda.
Biroq bu koʻrsatkich oʻtgan yilgi mavsumga nisbatan bir oz pastroq, oʻshanda Qozogʻiston Respublikasi Oʻzbekistonga 3,9 million tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib bergan edi, dedi Omarov.
Umuman olganda, Qozog‘iston joriy mavsum oxirigacha xorijga 8,8-9 million tonna don va un yetkazib berishi mumkin. Avvalgi ko’rsatkichlar 8-8,5 million tonna darajasida e’lon qilingan edi.