Yangiliklar

Mirziyoyev: Barcha bo‘g‘indagi rahbarlarga chiroyli, balandparvoz gapiga qarab emas, faoliyatining aniq natijasiga qarab baho beramiz.

O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’zining chiqishi davomida rahbarlarnining shonli gaplari bilan emas, ko’rsatayotgan natijalari bilan baholashini ta’kidlab o’tdi.

«Barcha bo‘g‘indagi rahbarlarga chiroyli, balandparvoz gapiga qarab emas, faoliyatining aniq natijasiga qarab baho beramiz.»

Foto: O’zbekiston Respublikasi prezidenti axborot xizmati

Qonunlarni, odamlarni mensimaydigan, ularga qo‘pol munosabatda bo‘ladigan, byurokratiya va korrupsiya balosiga berilgan  har qanday rahbar bilan – u vazir yoki hokim bo‘ladimi, boshqa mas’ul vazifadagi amaldor bo‘ladimi – salbiy harakatlari bilan davlat obro‘siga putur yetkazayotgan bunday kishilar bilan uzil-kesil xayrlashamiz.

Ularning o‘rniga bilimli, Vatan va xalq tashvishi bilan yashaydigan yosh-yosh yigit- qizlarni qo‘yamiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

U davlat ta’lim, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat va san’at, sport, qurilish, energetika va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo’yicha belgilangan vazifalarni albatta bajarishiga va’da berdi.

«Tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratib, biz ish o’rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish, yoshlar va ayollarni zamonaviy kasblarga o’rgatish, ularning bandligini oshirishga e’tibor qaratamiz. Aholining muhtoj qatlamlari, keksalar va nogironlarni qo’llab — quvvatlash bo’yicha ishlarni keyingi bosqichga olib chiqamiz», – deya ta’kidladi.

Shuningdek, Mirziyoyev O’zbekistonda vijdon va din erkinligi kafolatlari so’zsiz ta’minlanishini aytdi.

«Demokratiya va ochiqlik siyosatini davom ettirib, biz konstruktiv muxolifat faoliyati, so’z va matbuot erkinligi, fuqarolarning ma’lumot olish, ulardan foydalanish va tarqatish huquqlarini kafolatlaymiz», dedi Mirziyoyev.