Shavkat Mirziyoyev tantanali ravishda qasamyod qilib, O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishdi.
Uтga Oliy nishon va prezident shtandartlari bilan taqdirlandi, shuningdek. O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Qur’oni karim ham qasamyod uchun hozirlandi.
Davlat rahbari qoʻlini Konstitutsiya va Qurʼonga qoʻyib, qasamyod matnini eʼlon qildi.
«O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklangan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman», — dedi Mirziyoyev.
Yangi saylangan prezident o‘zining inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqida ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlashi va ishonchi uchun xalqqa minnatdorchilik bildirdi.
– Menga yuksak ishonch bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylagan barcha yurtdoshlarimga yana bir bor samimiy minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganimni inson huquq va erkinliklari, inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan siyosatimizning navbatdagi yuksak e’tirofi sifatida qabul qilaman, – dedi u.