Qirg‘izistonda bojxonachilar o‘zbek nosvoyining KamAZ avtomashinasini qo‘lga oldi

eʼlon qilindi
Jami yetti tonna

Qirg‘iziston bojxonachilari Botken viloyati Qadamzhay tumani Burgondu qishlog‘idagi postda yetti tonna nosvoy ortilgan KAMAZ avtomashinasini to‘xtatdi. Haydovchi Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan.

Foto: Qirg‘iziston Respublikasi bojxona xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, bu Farg‘ona viloyatining Cho‘n-Gara qishlog‘idan kelgan nosvoy ekan. Kontrabandachi nazorat-o‘tkazish punktlarini chetlab o‘tib, chaynash tamaki mahsulotlarini Qirg‘izistonga sotmoqchi bo‘lgan.

Bayonnoma rasmiylashtirilgach, haydovchi va yuk qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun hududiy bojxona boshqarmasi xodimlariga topshirildi.

Shuningdek