O‘zbekiston Qo‘stanayda Chevrolet Onix avtomobillarini yig‘ishni boshlaydi
O‘zbekiston Qozog‘istonda Chevrolet Onix avtomobillarini kichik hajmda yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi. «SariarkaAvtoProm» korxonasida kelasi yilning birinchi choragida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Qozog‘iston va O‘zbekiston ishchi guruhining 17 iyul kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida bu masala muhokama qilindi.
Payvandlash uskunalarini ishlab chiqarish, Chevrolet Onix ishlab chiqarish uchun yig’ish sexlari allaqachon olib borilmoqda.
«SariarkaAvtoProm» korxonasi 2010-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Qo‘stanay viloyatida joylashgan. Zavod Hyudai va UzAuto Motors kompaniyalari avtomobillarini ishlab chiqaradi. Yig‘ilgan mahsulotlar ichki bozordan tashqari, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari va Tojikistonga yetkazib berilmoqda.