O‘zbekiston sportchilari Tailandda to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
"Oltin" ni Yekaterina Voronina qo'lga kiritdi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi toʻrtta medalni qoʻlga kiritdi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qoʻmitasi.

Yekaterina Voronina ko‘pkurash bo‘yicha oltin medal bilan taqdirlandi. «Kumush» bolg‘a uloqtirish bahslarida Suhrob Xo‘jaevga, 400 metrga yugurishda Farida Soliyevaga nasib etdi.

«Bronza»ni Svetlana Radzivil qo’lga kiritdi, u balandlikka sakrashda uchinchi bo’ldi.

12-16 iyul kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida yengil atletika bo‘yicha 25-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek