ITFC O‘zbekiston banklariga 25 million dollar ajratadi
eʼlon qilindi
Mablag‘lar “Hamkorbank” va “Qishloq qurilish bank” tomonidan qabul qilinadi
Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi (ITFC) O‘zbekiston, Ozarbayjon, Burkina-Faso, Kot-d’Ivuar va Nigeriya bilan yirik shartnomalar imzoladi. Bu haqda African Business portali xabar berdi.
Marosim Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tdi. Kelishuvlar doirasida ushbu mamlakatlarda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqchi.
Xususan, ITFC xususiy sektorda savdoni moliyalashtirish uchun O‘zbekistonning Hamkorbankiga 15 million dollar ajratadi.
Shuningdek, korporatsiya «Qishloq qurilish bank»ga xususiy savdoni qo‘llab-quvvatlash, xususan, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi tadbirkorlarning loyihalarini amalga oshirish uchun 10 million dollar ajratadi.