Yangiliklar

Maldiv orollari ShHTga a’zo bo‘lish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Maldiv orollari tashqi ishlar vaziri Abdulla Shahid Male ShHTga kirish masalasini o‘rganish niyatida ekanini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Tashqi ishlar vaziri orol davlati joriy yilda muloqot boʻyicha hamkorga aylanganini qoʻshimcha qildi.

«Muloqot bo’yicha hamkor sifatida biz o’zaro aloqani boshlaymiz va voqealar rivoji bilan biz bu masala bo’yicha qaror qabul qilamiz», dedi u.

Eslatib o’tamiz, Maldiv orollari 1965 yil iyul oyida Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgan. Iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi turistlarga xizmat koʻrsatish boʻlib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 28% ni tashkil etadi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 14,5 milliard dollarni tashkil etadi.