Yangiliklar

O‘zbekiston Turkiya Respublikasiga to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 10 foizga oshirdi

O‘tgan yili Turkiyaga o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 2021-yilga nisbatan 10,2 foizga oshgan, bu haqda «O‘zto‘qimachiliksanoat» aksiyadorlik jamiyati marketing tahlili ma’lum qilmoqda.

Foto: Pixabay

Bu davrda Turkiya Respublikasiga to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 535,2 million dollarga baholanmoqda.

Sharh mualliflari Turkiya kiyim eksporti bo‘yicha dunyoda oltinchi, Yevropa Ittifoqida esa uchinchi o‘rinda ekanini eslatib o‘tadi. Turk yetkazib beruvchilar jahon trikotaj mahsulotlarining 4,1 foizini va jahon to‘qimali kiyim eksportining 4,1 foizini tashkil qiladi.