Timoti Smart Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri

Timoti Smart Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Britaniya Tashqi ishlar vazirligi. U avgust oyida o’z vazifalarini bajarishga kirishadi.

Foto: Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi

Sobiq elchi Tim Torlou diplomatik missiyasini yakunladi. 17-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Torlouni 2019-yildan buyon O‘zbekistondagi faoliyati yakunlangani munosabati bilan qabul qildi.

Timoti Smart 2012 yildan 2017 yilgacha Madagaskardagi Buyuk Britaniya elchixonasini boshqargan va 2018 yildan 2022 yil martigacha Sharqiy O‘rta yer dengizi departamenti rahbari lavozimida ishlagan.

Shuningdek