Antarktidada kattaligi 12 Toshkentga teng aysberg aylana boshladi
eʼlon qilindi
Oyiga 150 km dan ortiq tezlikda harakatlanadi
Yerdagi eng katta aysberg A23a muzlikdan ajralganidan 37 yil o’tib Antarktida qirg’oqlari bo’ylab harakatlana boshladi. A23a tezligi oyiga 150 km dan oshadi. Bu haqda Arktika va Antarktika tadqiqot institutida ma’lum qilindi.
Rossiya instituti A23a harakatini kuzatib boradi, chunki unda ilgari sovet tadqiqot stantsiyasi joylashgan edi. Bu ish aysberglar tomonidan kemalar uchun yuzaga keladigan xavfning oldini olish maqsadida olib borilmoqda.
A23a – dunyodagi eng katta aysberg. Uning maydoni taxminan 4170 kv. km. Boshqacha aytganda, unga 12 ta Toshkent sig’ishi mumkin. A23a 1986 yilda Filchner muzligidan ajralib chiqdi.
Institut A23a kelajagi ob-havo, oqimlar va suv osti relyefi kabi bir qator omillarga bog’liqligini ta’kidladi.