Yangiliklar

Maxsus maqsadli birja

Nega biznes aynan O’zbekiston Tovar xom- ashyo birjasini tanlaydi.

O’zbekistonlik tadbirkorlarning qiziqishi tobora mahsulotlarning birja savdosiga ortib bormoqda. Buni Markaziy Osiyoda eng yirik savdo maydoni maqomini ushlab turgan O’zRTXB ko’rsatayotgan natijalardan ham bilib olsa bo’ladi. Investorlar ham kompaniya potensialini ko’rmoqda, chunki uning aksiyalari fond bozorida jadal sotiladi. Bu haqida Tovar bozorlarini tahlil qilish va prognozlashtirish markazi direktori  Elyor Sodiqov bilan suhbatlashdik.

Foto: Roman Fedotov

Elyor Ilmurodovich O’zbekistonda tovar birja savdolari ommalashib bormqoda. Bu O’zRTXBning  savdo hajmi va bitimlarida o’z aksini topmoqda. Maydonda qilinayotgan amaliy ishlar natijasi hamda biznes tomonidan unga bo’lgan qiziqish sabablari haqida batafsil gapirib bering.

-O’zRTXB o’z faoliyatini 1994- yildan beri olib borib, MDH davlatlari birjalari ichida o’zining  tuzilgan infrostrukturasi, elektron savdo maydoni hamda tovar va savdo hajmi nomenklaturasi bilan yetakchilik qilib kelmoqda.

Birja tovar resurslariga erkin kirish, shaffof savdolarni va barcha ishtirokchilar uchun teng raqobat shartlarini ta’minlaydi. Shu bilan birga tuzilgan bitimlar amalga oshirilishini ham kafolatlaydi. Bu tadbirkorlik uchun nega foydali? Gap shundaki birja narxlari bozor shartlari asosida shakllanadi hamda narx navo to’g’risidagi real vaziyatni aks ettiradi. Bitimlarni kafolatlash mexanizmi esa muddati va yetkazib berish shartlarini  qat’iy reglamentlab, ishtirokchilarga ishlab chiqarish va sotish dasturlarini muvaffaqiyatli bashorat qilish imkonini beradi.

O’zbekiston hukumati va davlat rahbari birja faoliyati rivojiga katta e’tibor qaratyapti. Kelgusida birja faoliyatini takomillashtirish maqsadida davlat rahbarining 2019- yildan 2023 – yilgacha oltita, Vazirlar mahkamasining esa to’rtta qarori qabul qilingan. Natijada ichki bozorda faqatgina birja savdolari orqali amalga oshirilayotgan savdolar soni 27 dan 51 ga oshdi.

Buning barchasi savdo hajmiga o’z ta’sirini o’tkazdi, xususan birjaning barcha savdo platformasida 2022-yilda 137.9 trillion so’mga yetdi. Bu 2019 – yil natijalari ( 94.9 trillion so’m) bilan taqqoslaganda  3.2 baravar ko’p degani. 2023- yil besh oy ichida ko’rsatkich 57.3 trillion so’mni tashkil etdi. So’nggi uch yil ichida birja savdolarida ro’yxatdan o’tgan subyektlar soni 188.6 tadan 347 mingtaga yetdi. O’zRTXB ning 2022 –yilda tashqi aylanmasi  501.2 million dollarni tashkil etgan bo’lib, bu 2019- yil ko’rsatkichlari bilan solishtirganda 3.6 baravar (364.5 mln) yuqoridir. Tashqi tovar aylanmasi 2022- yil uchun eksport 57.2 million dollarni, import esa 444 million dollarni tashkil etdi.

Bunday jadal o’sishni qayd etish uchun o’ziga xos sabablar bo’lishi kerak, qilinayotgan ishlar natijasini yaxshilashga nima yordam beradi?

-Birjada zamonaviy talablarga mas’ul 6 ta savdo platformasi safoliyat ko’rsatadi:

  • Birja savdolarining elektron sistemasi (spot.uzex.uz);
  • Hukumat elektron xaridlari  savdo sistemasi (xarid.uzex.uz) ;
  • Ko’rgazma-yarmarka savdosi (yarmarka.uzex.uz); 
  • Avtoraqamlar realizatsiyasi onlayn auksioni(avtoraqam.uzex.uz);
  • Telefon raqamlari realizatsiyasi onlayn auksioni(mobilraqam/uzex.uz);
  • Elektron logistika bo’yicha savdo portal (e-logistika.uzex.uz)

Sifatli mahsulot va servis yaratish uchun bizda yuqori malakali kadrlar jamoasi shakllantirilgan. O’zRTXB faoliyatida ishlatiladigan dasturlarning barchasi kompaniyaning o’z kuchi bilan amalga oshiriladi.

Uch yil oldingi pandemiya elektron tijoratning turli modellariga bo’lgan qiziqish va talabni oshirib yubordi, bu esa o’z navbatida birjadagi onlayn savdolarning tezlik bilan ko’tarilishiga sabab bo’ldi.

Pandemiya ishga bo’lgan munosabatimizni ildizi bilan o’zgartirib yubordi, menejmentga bo’lgan modelimizni isloh qilib, mavjud IT loyihalarimizni  rivojlantirishga undadi. Bu esa bizning faoliyatimizga ijobiy ta’sirini o’tkazdi.

Biz uzluksiz ishlaydigan 12ta savdo platformasini ta’minlovchi mustahkam IT infrostrukturani va data markazni ishlab chiqdik. Ilg’or IT texnologiyalar savdo hisob kitob infrostrukturasini ta’minlash imkonini beradi.

Shunisi diqqatga sazovorki, Respublikamizning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi 2021- yilda O’zRTXB ni “Yilning eng yaxshi electron davlat xizmatlari sohasidagi IT loyihasi» nominatsiyasi bilan taqdirladi.

Birjaning IT infrostrukturasi tadbirkorlar uchun xalqaro savdo tarmog’ida keng imkoniyatlar ochadi. Hozirda Osiyo va Yevropa O’zRTXBning 38ta  xalqaro savdo maydonchalari faoliyat olib boradi. Masalan 2023 – yil Xitoyning eng yirik Dalian savdo birjasi bilan o’zaro anglashuv memorandum imzolandi. Ikki maydon birgalikda yangi birja vositalari shu jumladan tovar derivativlarini tatbiq qilish hamda rivojlantirishga kelishib olishdi. Ular axborot sistemasi maydonida aks etadigan kotirovkalar va statik axborotlar bilan almashishadi. Bu O’zbekiston va Xitoy tadbirkorlarining ikki davlat tovar bozorlari haqidagi axborotlarni operativ tarzda olish imkoniga ega bo’ladilar.

Bundan ko’rinadiki, O’zRTXB tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratyapti. Birja savdolarining biznesga yana qanday ijobiy taraflari bor?

-Men bir nechta joyda to’xtatib o’taman. Birinchidan, qatnashchilar talab va taklif asosida shakllangan narxlar orqali qo’shimcha daromad olishlari mumkin bo’ladi. Savdolar kimoshdi savdosi ko’rinishida boshlang’ich narxning oshishi asosida amalga oshiriladi.

Ikkinchidan, bitimlar bajarilishi kliring hisob sistemasi orqali o’zaro hisob kitob yo’li bilan amalga oshiriladi. O’zRTXB savdo ishtirokchilari orasida, bu mexanizm orqali kelishuv majburiyatlari bajarilishini shartsiz ta’minlovchi kafolat sifatida xizmat qiladi.

Uchinchidan, spot va forward kabi birja savdolarida turli savdo vositalarini qo’llagan holda tovarlarni sotish hajmini oshirish imkoniyati ham mavjud.

Bundan tashqari mijozlar shaxsiy cabinet orqali bitimlar va to’lovlarni amalga oshirishlari hamda elektron shaklda monitoring qilishlari ham mumkin. Bu sistema orqali tadbirkorlar vaqt va pullarini tejab qolishadi. Bundan tashqari mijozlar bazasidan foydalangan holda (300 ming kishini o’z ichiga olgan haridorlar) o’z mahsulotini nafaqat mahalliy, balki horijiy maydonda ham targ’ib qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Birja asosan qanday yo’nalishlarni O’zbekistonda rivojlantirishni maqsad qilyapti?

– Biz savdoning yangi mexanizmlarini joriy etish, dasturiy mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz sifatini yaxshilash, xizmatni dunyodagi eng yaxshi birjalar darajasida ushlab turish bo’yicha ishlarni davom ettiramiz.

Xorijiy ekspertlar va konsalting kompaniyalari ishtirokida ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasini rivojlantirish strategiyasiga bir qator vazifalar qo’yildi. Ro’yxatga IT-infratuzilma va savdo platformalarini modernizatsiya qilish, birja xizmatlarini kengaytirish, tashqi savdo operatsiyalari hajmini oshirish, shuningdek, yangi birja vositalarini, shu jumladan tovar derivativlarini joriy etish ham kiradi.

O’zRTXB nafaqat biznes uchun, balki investorlar uchun ham jozibali. Fond bozorida kompaniya aksiyalari savdosi hajmi katta ulushni egallashi esa buni isbotlaydi. Buning sabablaridan biri yaxshi korporativ boshqaruvdir. Bu qanday natijalarga olib kelishi haqida batafsil aytib bering.

 – Birjaning samarali korporativ boshqaruvi menejerlar va aksiyadorlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi, biznes jarayonlarini optimallashtiradi, jamiyat faoliyati shaffofligini oshiradi, shuningdek kompaniyaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Bu nima degani? Bir nechta ma’umotni qo’shimcha qilmoqchiman, masalan, joriy yilda O’zRTXB ISO 9001: 2015 standarti bo’yicha qayta sertifikatlandi.

«Sifat menejmenti tizimi», shuningdek, Iso 37001:2016 «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti sistemasi» xalqaro sertifikatlash talablariga muvofiqligini ko’rsatadi. Sertifikatlar taqdim etilayotgan birja xizmatlarining yuqori sifatini va kompaniyada xalqaro standartlarga javob beradigan korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining mavjudligini tasdiqlaydi. Bu shuni anglatadiki, kompaniyada nazorat va muvozanat tizimi samarali yo’lga qo’yilgan, ya’ni korporativ boshqaruv yaxshi ishlaydi.

Aytgancha, O’zRTXB yaqinda Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasining «O’zbekiston kapital bozorida eng yaxshisi» tanlovi natijalarini nishonladi. Kompaniya «Eng yaxshi korporativ boshqaruv» nominatsiyasi g’olibiga aylandi.

Yaxshi korporativ boshqaruv natijalari AJning moliyaviy natijalarida ham aksini topdi. 2022 yilda O’zRTXBning sof foydasi miqdori 197,7 mlrd so’mni tashkil etdi, aksiyadorlarga dividendlar to’lash uchun 87,21% , ya’ni 172,4 mlrd so’m yo’naltirildi. Yuqori rentabellik va to’langan dividendlar hajmining doimiy o’sishi tufayli O’zRTXB aksiyalari fond bozorida katta talabga ega. «Toshkent» Respublika fond birjasidagi qimmatli qog ‘ozlarning qiymati ularning nominal narxidan 30 baravardan ortiqni tashkil etadi. Hisobotlarni auditlash uchun biz «Katta to’rtlik» – Ernst&Young kompaniyasini jalb qildik. Shuningdek, birja bu yil Fitch tomonidan barqaror prognoz bilan «B» darajasida birinchi xalqaro kredit reytingini oldi.

Endi nima uchun korxona aksiyalari RFB birja kotirovkalari ro’yxatining «Premium» toifasiga kiradigan yagona aksiyalar ekanligi aniq bo’ldi. «Milliy IPO» davomida O’zRTXB aksiyalarining 2 foizini sotish istiqbollarini qanday baholaysiz?

-«Milliy IPO» – bu fuqarolarga respublikaning yirik korxonalari va tashkilotlari aksiyalarining egasi bo’lishga imkon beradigan noyob va ijtimoiy yo’naltirilgan loyiha. Shu tufayli O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar egalari soni ko’payadi, bu esa kelajakda xususiy investorlarning kapitalini ko’paytirshga, shuningdek, respublikaning moliyaviy savodli aholisini shakllantirishga imkon beradi.

O’zRTXB o’z aksiyadorlarining talablariga javob beradigan moliyaviy ko’rsatkichlarning bajarilishi va o’sishini ta’minlashga, shuningdek mijozlarning ishonchini oqlashga astoydil harakat qilmoqda. Umid qilamanki, investorlar O’zRTXB afzalliklarini to’g’ri baholashadi va «Milliy IPO» davomida 2% aksiyalarni sotish muvaffaqiyatli bo’ladi.