O‘zbekistonliklar Counter Strike bo‘yicha Osiyoning eng yaxshisi
eʼlon qilindi
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi
O‘zbekiston terma jamoasi Counter Strike: Global Offensive kompyuter multiplayer o‘yini bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi, deb xabar qildi Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati.

Respublika nomidan Toshkentning TRAFFIC jamoasi ishtirok etdi, uning tarkibida icyvl0ne, fr0k, wetfy, kanshineF, ManticorE.
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan IESF-2023 Osiyo chempionatining grand finalida o‘zbekistonlik esporchilar Mo‘g‘uliston terma jamoasini mag‘lub etishdi.
O‘zbekistonliklar 7 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, 100 000 dollar mukofot jamg‘armasiga ega IESF 2023 Esport bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.