Chorshanbaga o‘tar kechasi Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon ikkita ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. Ular 600 km masofani bosib o‘tib, Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga qulagan, xabar berdi Kyodo News.
Yaponiya rasmiylari raketalar mamlakatga tegishli hech qanday samolyot yoki kemaga zarar yetkazmaganini aytdi. Shimoliy Koreya diplomatik norozilik bildirgan.
Agentlikning qayd etishicha, sinovlar AQSh-Janubiy Koreya yadroviy maslahat guruhining birinchi yig‘ilishidan keyin o‘tkazilgan. Uchrashuvda davlatlar vakillari birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga kelishib oldilar.