Tesla ishlab chiqarishni yiliga 1 million dona elektromobilga yetkazish uchun Germaniyadagi zavodi maydonini ikki barobarga oshirish niyatida. Bu zavodni mamlakatdagi eng kuchli avtokorxonaga aylantiradi, yozadi The Wall Street Journal.
Kompaniya allaqachon Brandenburgda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun tegishli organlarga ariza va boshqa hujjatlarni taqdim etgan. Nashrning yozishicha, ishlab chiqaruvchi ayrim yangiliklar uchun norasmiy ruxsat olgan, biroq loyiha to‘liq tasdiqlanishidan oldin ekologik ekspertiza o‘tkazilishi kerak.
Dastlab mahalliy ekologiya faollari zavod qurilishiga qarshi chiqdilar, ular ishlab chiqarish o‘rmonlar, mahalliy tabiat va suv resurslariga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonishdi. Yangi loyiha mahalliy aholining qarshiligiga ham duch kelishi mumkin. Biroq kompaniyaning taʼkidlashicha, kengaytirish ishlari mahalliy manbalardan qoʻshimcha chuchuk suv olishni talab qilmaydi, chunki bu yerda oqava suvlarni tozalash inshooti oʻrnatiladi.