YeTTB o‘zbek ayollarini biznesda qo‘llab-quvvatlash uchun 10 million dollar ajratdi
eʼlon qilindi
Shundan 3 million dollari raqamlashtirishga yo‘naltiriladi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) «Ipotekabank»ga «Ayollar biznesida» dasturi doirasida ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 million dollargacha kredit ajratishni ma’qulladi, deya xabar beradi moliya instituti ma’lumotlar bazasi.
3 million dollari dasturni raqamlashtirishga, qolgani ayollarning tadbirkorlik tashabbuslarini kreditlashga yo‘naltiriladi.
Markaziy Osiyoda tadbirkor ayollar dasturi 2022-yil fevral oyida boshlangan. Unda O‘zbekistondan tashqari Tojikiston, Qirg‘iziston va Mo‘g‘uliston ishtirok etadi.
U global We-Fi tashabbusi va Shveytsariya hukumati tomonidan YeTTB Kichik biznes fondi orqali moliyalashtiriladi.