Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi sohillari bo‘yida joylashgan davlatlar rasmiylari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, shuningdek, dunyodagi islomofobiya holatlarini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston rahbari bir kun avval Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashining birinchi sammitida ishtirok etdi.
Sammit ishtirokchilari radikal g‘oyalar va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, yoshlarni ekstremistik ma’lumotlardan himoya qilish usullarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, Mirziyoyev Afgʻonistonda tinchlikni taʼminlash muammosiga eʼtibor qaratdi.
«Hududlarimiz faol boʻlishi, yuksak minbarlardan turib butun jahon hamjamiyatining eʼtiborini Afgʻoniston muammolariga qaratishi kerak», dedi Mirziyoyev.
Sammitda Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Ummon va Bahrayn hukumatlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tdi.