«O‘zbekneftgaz» AJ «UNG Petro» tarmog‘iga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 rusumli benzin yetkazib berishda kechikayotganiga izoh berdi.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi kunlarda jaziramaning keskin boshlanishi tufayli texnik nosozliklar yuzaga kelgan — yoqilgʻi kechasi tashilishi kerak edi. Shu sababli 17-18 iyul kunlari ayrim yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin yo‘q edi.
Biroq bugungi kunda muammo bartaraf etilib, ushbu markadagi benzin barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalariga tizimli ravishda yetkazib berilmoqda.