Qaytarib bo’lmaydigan yo’qotishlar. O’rta Osiyoda suv va energiya yetishmasligi qanday zarar keltiradi
Markaziy Osiyo davlatlari suv-energetika sohasidagi muammolar tufayli yiliga qariyb 5 milliard dollar yo‘qotmoqda. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) tahliliy ishlar direksiyasining Integratsiya tadqiqotlari markazi rahbari Vladimir Pereboyev ma’lum qildi.
«Markaziy Osiyo suv-energetika majmuasidagi hozirgi vaziyat yetarli darajada oʻzaro aloqalar yoʻqligi va katta iqtisodiy yoʻqotishlar bilan tavsiflanadi. Ekspert hisob-kitoblariga ko‘ra, yillik iqtisodiy zarar va amalga oshirilmagan iqtisodiy foyda 4,5 milliard dollarga yetishi mumkin, bu mintaqa yalpi ichki mahsulotining 1,5 foiziga to‘g‘ri keladi», — deya ta’kidladi Pereboyev.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, mintaqa suv resurslari tanqisligiga duch kelmoqda. Agar davlatlar iqtisodiy, suv va energetika sohalarida hamkorlik qilmasa, 2050 yilga borib Markaziy Osiyo davlatlari «suv tanqisligi» toifasiga kiradi.
Suv va elektr energiyasi tanqisligini bartaraf etish uchun mintaqaga umumiy qiymati 52 milliard dollardan ortiq sarmoya kerak.
«Orient Express 24» portalining yozishicha, suv resurslarining yetishmasligi Markaziy Osiyo davlatlarini harbiy harakatlarga undashi mumkin. Biroq, tomonlar Xitoy va Rossiya Federatsiyasi ishtirokida hamkorlik yo‘lidan borsa, salbiy stsenariyning oldini olish mumkin.