WhatsAppda global nosozlik
eʼlon qilindi
Xizmat ishini ikki soat davomida tiklashdi
WhatsApp messenjeri foydalanuvchilari 20-iyulga o‘tar kechasi nosozlik sabab ilova xizmatlaridan foydalana olishmadi. Xizmat ilovalarida xabarlarni yuborish va qabul qilishda qiyinchiliklar yuzaga keldi. Bu haqda Downdetector portali xabar berdi.
Halokat taxminan ikki soat davom etgan. Bir qator mamlakatlar foydalanuvchilari bunga duch kelishdi. WhatsApp jamoasi Twitter’da xizmat tiklangani haqida ma’lum qildi.
WhatsApp O‘zbekistonda ikkinchi eng mashhur messenjer hisoblanadi. U foydalanuvchilarning 22 foizini tashkil qiladi. Birinchi o‘rinni Telegram egalladi.