Yuzlab odamlar Shvetsiyaning Iroqdagi elchixonasiga bostirib kirdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Binoga o‘t qo‘yilgan, diplomatlar jabrlanmagan

20-iyul, payshanbaga o‘tar kechasi yuzlab odamlar Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasiga bostirib kirdi. Qur’on voqeasi tufayli ular binoga o’t qo’yishgan, deb xabar berdi Reuters.

Foto: Reuters

Mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlari hujumchilarga qarshi suv purkagichlar va shovqinli to‘plardan foydalangan. Tashkilotchilar iroqlik nufuzli ruhoniy Muqtada as-Sadrning izdoshlari edi. Namoyishlar Shvetsiya politsiyasi Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Qur’onni yoqishga ruxsat bergan paytga to’g’ri keldi. Aksiya 20 iyulga belgilangan.

Diplomatik missiya xodimlaridan hech kim jabrlanmagan. Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi va Iroq Tashqi ishlar vazirligi hujumchilarning harakatlarini qoraladi.

Avvalroq Qurbon hayitini nishonlash chog‘ida Stokgolmdagi masjid oldida Qur’on yoqib yuborilgan xuddi shunday aksiya bo‘lib o‘tgan edi. Shundan so‘ng Afg‘oniston muvaqqat hukumati Tolibon shvedlarning mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatdi, BMT Kengashi bunday harakatlarni qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi.

Shuningdek