O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan savdo hajmini oshirdi
eʼlon qilindi
Respublika 180 dan ortiq davlatlar bilan hamkorlik qiladi
2023-yilning olti oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan 29 milliard dollardan ortiq savdo aylanmasini amalga oshirdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qariyb 20 foizga ko‘pdir, xabar beradi Davlat statistika agentligi.
Joriy yilda 183 davlat O‘zbekistonning savdo hamkoriga aylandi. Ular bilan tovar ayirboshlash hajmi 29,2 milliard dollarga yetdi, shu bilan birga, eng katta ulush importga to’g’ri keladi – 17 milliard dollar.
2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan aylanma 4,7 milliard dollarga yoki 19,4 foizga o‘sdi.