2023-yil iyul oyi oxirida rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Forbes talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari reytingida tushib ketdi.
Usmonov Forbes jurnalida 14,4 milliard dollar boyligi bilan 123-o‘rinni egalladi. Aprel oyi boshida u 122-o‘rinni egallagan edi. Shu bilan birga, uning boyligi o’shandan beri o’zgarmadi.
Uning joriy reytingdagi qo‘shnilari 14,6 milliard kapitali bilan Gonkonglik biznes-magnat Lui Che Vu (122-o‘rin) va 14,2 milliard dollar boyligi bilan Whats App asoschisi Yan Kum (124-o‘rin).
«Facebook’ning birinchi investorlaridan biri va po‘lat magnati Alisher Usmonov Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qoldi», — dedi Forbes rossiyalik milliarderni shunday ta’rifladi.
Nashrning yozishicha, o‘tgan yildan beri tadbirkor O‘zbekiston poytaxtida istiqomat qilib keladi. TGcom24 telekanaliga bergan intervyusida u respublika iqtisodiyotiga sarmoya kiritishni «buyuk maqsad» deb atadi.