Shvetsiya sudi faol Greta Tunbergni politsiyaga bo‘ysunmagani va Malmyodagi namoyish o‘tkazish qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortdi.
Endi u 1,5 ming shved toji (taxminan 144 dollar) to‘lashi va Shvetsiya jinoyat qurbonlari jamg‘armasiga yana 1 ming kron (96 dollar) xayriya qilishi kerak bo‘ladi.
«Mening harakatlarim oqlanadi», dedi sudlanuvchi sud majlisida.
Tunberg politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaganini tasdiqladi, biroq u aybini tan olmadi.
OAV qizga olti oygacha qamoq jazosi berilishi mumkinligini yozgan.
19-iyun kuni Malmyo portida neft yuk mashinalari uchun yo‘lni to‘sib qo‘ygan namoyishchilar orasida Tunberg ham bor edi. «Kelajakni qayta tiklaymiz» tashkiloti a’zolari yoqilg‘idan foydalanishga qarshi miting o‘tkazdi.