O‘zbekistonda banklarning daromadi rekord darajaga yetdi

eʼlon qilindi
Iyun oyida 1 trln 249 mlrd

O‘zbekiston banklarining iyun oyida sof foydasi 1 trillion 249 milliard so‘mga yetdi. Bu O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Foto: kursiv / Roman Fedotov

E’tiborlisi, bungacha O‘zbekistonda banklarning sof foydasi oydan oyga kamayib borayotgan edi. Yanvarda bu ko‘rsatkich 1,039 trillion, fevralda 1,021 trillion, aprelda 965 milliard, may oyida 798 milliard so‘mni tashkil qildi.

Birinchi yarim yillikda banklarning foizlar bo‘yicha daromadlari 39,7 trillion so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning 6 oyiga nisbatan 34,5 foizga ko‘pdir.

Foizsiz daromadlar 20,4 trillion so‘mni tashkil yetib, 2022-yilning birinchi yarmiga nisbatan 15,9 foizga o‘sdi.

Hisobot davrida respublikadagi barcha banklar tomonidan 1,5 trillion so‘m soliq to‘langan.

Shuningdek