Tez orada raqamli gigant «O’zbektelekom» anderrayteri konsersiumi O’zbekiston fond bozorida aksiyalarini birlamchi joylashtirish bo’yicha obuna kompaniyasini boshlaydi. Qilingan reja kompaniyaning 2% kapitalini jalb qilish. Imkon qadar ko’p fuqarolar investitsiya qila olishlari uchun mamlakatning ikki yirik banki O’zbekiston Milliy banki va SQB yangi brokerlik hisoblari ochish uchun, o’z mobil ilovalari hamda filiallaridan foydalanishni reja qilyapti. Joylashtirish bo’sag’asida Kursiv Research «O’zbektelekom» aksiyalarining jozibadorligini tahlil qilishga kirishdi.
Serhosil zaminda
«O’zbektelekom» mamlakatda mobil aloqa bozorining deyarli chorak qismiga (23%) egalik qiladi, uy internet segmentida esa yetakchilik (83 %) qiladi. Kompaniya o’z xizmatlarini faqat mahalliy bozorda taklif qilgani sababli, uning rivoji nafaqat xizmatlar ommabopligiga balki mamlakatdagi iqtisodiy taraqqiyot bilan ham chambarchas bog’liq.
Keling O’zbekistonning iqtisodiy shart sharoitlari va istiqbollarini ko’rib chiqamiz. Fitch agentligi 2023 yil mart oyida O’zbekiston Respublikasi reytingini «BB» darajasida barqaror prognoz bilan tasdiqladi. Agentlik tomonidan mamlakat iqtisodiy islohotlar dasturini davom ettirishni maqsad qilganligi uchun barqaror ssenariy yozilib turibdi. Hukumat xususiylashtirish orqali o’zining iqtisodga aralashuvini kamaytirib, byurokratik apparatni kichraytiradi. Raqobatni kuchaytirish uchun imtiyozli kreditlash ham tugatilishi kutilmoqda. Fitch analitiklarining fikricha 2023 yil boshidagi elektr energiyasining taqchillik, bo’shashgan global o’sish va respublikadagi kutilgan pul o’tkazmalari hajmi kamayishi 2022- yilda 5.7%, 2023-2024 – yillarda 5.4% ga tushib ketishi tashqaridan mamlakat iqtisodiyoti o’sishini sekinlashtiradi. S&P ekspertlari ham stabil BB reytingida O’zbekistonning (2023 yil iyundan) YaIM hajmining stabil o’rtacha 5.4%ga o’sishini prognoz qilmoqda. SP ning fikricha o’sish drayveri bo’lib, tashqi savdo, iste’mol hajmi, xususiy sektor va tadbirkorlik muhitining rivojlanishi xizmat qilishi kerak.
Ikki vektor
Kutilayotgan Raqamli kompaniyaning IPO si hukumatning davlat aktivlarini o’z ulushini xususiy sektorga sotish rejalariga mos keladi.
Hozirgi kunda Davlat «O’zbektelekom» aksiyalarining 96,57 foiziga egalik qiladi. Ustav kapitalining 2 foizi fond bozorida sotiladi, natijada davlat ulushi kamayadi. IPO – Qonun hujjatlariga muvofiq «Toshkent» Respublika fond birjasi maydonchasida o’tkaziladi.
Emitent aksiyalarini joylashtirish prezidentning bir qator qarorlarida ko’zda tutilgan. O’zmilliybank, SQB va Portfolio Investments konsorsiumi IPO tashkilotchilarini tanlash bo’yicha tender g’olibi bo’ldi.
«O’zbektelekom » allaqachon «Toshkent» Respublika fond birjasida (RFB) listingga ega. Ammo hozirda savdo faoliyati faqat imtiyozli aksiyalarda mavjud. 2023 yilning besh oyida imtiyozli Aksiyalar bilan 119 million so’mlik 658 ta bitim (taxminan 10 ming dollar) o’tkazildi, bu hatto O’zbekiston bozori uchun ham juda past natijadir. Chakana investorlarning oz sonli aksiyalari esa ushbu vositani past likvidli qiladi. Bundan tashqari, imtiyozli aksiyalar odatda doimiy daromad olishni istaganlarni qiziqtiradi. IPO-da oddiy aksiyalar namoyish etiladi va ularga nisbatan talab yuqori bo’ladi. Shuning uchun, agar fuqarolarning IPO ga bo’lgan talabi yuqori bo’lsa, fond birjasining ikkilamchi savdolarida likvid vosita paydo bo’lishi mumkin.
Mablag’ qayerga yo’naltiriladi
«O’zbektelekom» IPO o’z faoliyatini kengaytirish uchun pul sarflashni rejalashtirmoqda. Haqiqatan ham kompaniya o’sishi uchun maydon bor. AJ fond bozorida to’plamoqchi bo’lgan aniq miqdor va joylashtirish narxi keyinchalik yirik investorlar o’rtasida aksiyalarni oldindan sotish natijasida e’lon qilinadi. Bu haqda ma’lumotni keyinchalik anderrayterlar bilan tekshirish mumkin, shuning uchun qog’oz sotib olishni istaganlar yangiliklarni kuzatib borishlari lozim.
«O’zbektelekom» daromadining qariyb 70 foizi hozirda mobil aloqa va uy Internet xizmatlari hisobidan shakllantirilmoqda. O’tgan yil yakunlariga ko’ra kompaniya 6,36 trln so’m daromad qildi. Ulardan aloqa 2,2 trillion yoki 35 %ni, Internet esa 1,9 trillion so’mni (taxminan 30 %) tashkil etadi.
Tashkilot qo’shimcha daromad manbai bo’lishi mumkin bo’lgan data markazlar hisobiga kengaymoqchi. Hozirda AJ Toshkentda 25 Pbayt ma’lumotga ega bitta MQISHMga ega. Keyingi yilga kelib, yana uchta Toshkent, Qo’qon va Buxoroda xuddi shunday quvvatga ega bo’lgan markaz paydo bo’ladi. Qurilayotgan ma’lumot markazlari uchun kapital xarajatlar 115,5 million dollarni tashkil etadi. Hozirda davlat xizmatlari portaliga, Kundalik ta’lim platformasiga va hatto World of Tanks o’yiniga xizmat taqdim etiladi. Biroq bunday markazlarga ehtiyoj ortib bormoqda. 2022-yilda «O’zbektelekom» ning bitta ma’lumotlar markazidan tushgan daromadi qariyb ikki baravarga oshdi – 10,8 milliard so’mdan 20,8 milliard so’mgacha.
Statista Market Insights ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistondagi ma’lumotlar markazlari bozori hajmi 239 million dollarni tashkil etadi va 2027 yilga kelib 335 million dollargacha o’sishi mumkin. Bu «O’zbektelekom » hozirda segmentning 1 %dan kamrog’ini egallashini anglatadi. Yangi ma’lumotlar bazalarining ishga tushirilishi bilan esa bu ko’rsatkich oshadi.
Allaqachon o’zlashtirilgan segmentlarda potentsial ham ancha yuqori. Masalan, hozirda O’zbeskiton Respublikasida uy xo’jaliklarining faqat bir qismi internetga keng polosali ulanish imkoniyatiga ega. Ushbu yo’nalishda biznesni kengaytirish kompaniyaga o’z faoliyatini oshirishga imkon beradi.
Qo’shni bozorlarga chiqish ham AJ daromadni ushlab turadi. Kompaniya telefonlar va smartfonlar sotuvchisi sifatida ishlashi, raqamli to’lovlar bozoriga kirishi yoki e-commerce bozorini ishga tushirishi mumkin.
Raqamlar nima deydi
«O’zbektelekom» aksiyadorlariga dividendlar to’lash uchun daromadning kamida 30 foizini ajratmoqchi. Biroq, Portfolio Investments direktori Munir Yaqubovning ta’kidlashicha, kompaniya kelgusi yillarda «hosil beradigan» investitsiya dasturini amalga oshirmoqda.
Qimmatli qog’ozlarni sotib olishda investorlar e’tibor beradigan asosiy koeffitsientlardan biri bu P/E (narx/foyda). Bu nisbat aksiya bahosidagi yillik foyda sonini bildiradi. Bu qanchalik past bo’lsa, investor uchun shuncha yaxshi bo’ladi. Yuqori qiymat moliyaviy pufakchani anglatishi, past qiymat esa aktivning kam baholanganligini anglatadi. Munir Yaqubovning izoh berishicha, «O’zbektelekom» uchun 2-3 P/E diapazonini tanlangan, bu esa O’zbekiston Respublikasi fond bozori jahon investorlari uchun ochilishi bilan kelajakda aksiya narxining o’sishini deyarli kafolatlaydi. Taqqoslash uchun: O’zbekiston kompaniyalarida o’rtacha P / E 5, Moskva birjasi indeksida 6.6, AQShning eng yirik 500 kompaniyasining S&P indeksida 19,29. Masalan, o’ziga xos biznes xususiyatlari «O’zbektelekom» ga o’xshash rus «Rostelekom» ida P/E 7,27 ga teng.
Katta chegirmaga qaramay, anderrayterlar norezidentlardan kompaniya qog’ozlariga bo’lgan katta talabni umid qilishmaydi. Chunki, «Toshkent» RFB tizimi hech qanday xorijiy birja va kliring tizimiga ulanmagan. Savdolarda qatnashish uchun chet elliklar O’zbekistonda brokerlik hisobvaraqlarini ochishlari shart, bu esa mamlakatda jismoniy ishtirok etishni talab qiladi.
Portfolio Investments direktori kompaniyaning anderrayterlar konsorsiumidagi sheriklari (O’zmilliybank va SQB) 5 milliondan ortiq odamni o’z ichiga olgan mijozlariga aksiyalarni taklif qiladi. Banklar, shuningdek, manfaatdor mijozlarga brokerlik hisobvaraqlarini ochish uchun o’zlarining mobil ilovalaridan foydalanishni rejalashtirishmoqda. Shunda minglab emitentlar jamoasiga qog’oz sotib olishni taklif qiladi. AJ tomonidan Jett bilan birgalikda MYUTC mobil ilovasi ishga tushirildi, bu onlayn brokerlik hisobvaraqlarini ochish va aksiyalarni sotib olish uchun onlayn arizalarni taqdim etish imkonini beradi. Shuning uchun chakana investorlar obuna kompaniyasida takliflarning yarmini sotib olishlari mumkin, deya xulosa qildi Munir Yaqubov.