S&P Global Ratings agentligi Kapitalbank reytingini oshirdi
2023-yil 21-iyul kuni S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi «Kapitalbank» ATB reytingini «B-»dan «B»ga ko‘tardi, prognoz «Barqaror».
S&P Global ma’lumotlariga ko‘ra, «Kapitalbank» ATB aktivlari hajmi bo‘yicha mamlakatimizda yettinchi o‘rinni egallab turibdi, 1 iyul holatiga ko‘ra, bank chakana kreditlash va jismoniy shaxslarning depozitlari bo‘yicha yetakchiga aylandi.
Mustaqil tahlilchilarning fikricha, «Kapitalbank» ATB bugungi kunda chakana kreditlash bozorining 14 foizini va chakana depozitlar bozorining qariyb 16 foizini egallaydi. So‘nggi bir necha yil ichida bankning kredit portfeli 75 foizga oshdi.
S&P Global Ratings tahlilchilarining fikriga ko’ra, yaqin ikki-uch yil ichida bank chakana mijozlar orqali ham, kichik va o’rta biznes uchun xizmatlarni rivojlantirish orqali ham o’z kredit portfelini yiliga 50-60 foizga oshirishni davom ettiradi, bu esa xarajatlarning daromadga optimal nisbatini 40-42 foizni tashkil etishga yordam beradi va o’z kapitalining rentabelligini 40-44 foiz va undan yuqori.