O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 50 trillion so‘mni tashkil etdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
2023 yil yanvar-iyun
2023-yilning birinchi yarmida moliya bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 50 trillion so‘mga yetdi, deya xabar beradi Statistika agentligi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 22,7 foizni tashkil etdi. Mamlakatda moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmdagi ulushi 23,5 foizni tashkil etadi.
Bu hajmning katta qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi – 27 trillion so‘m.