Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan materiallarga ko‘ra, 29 ta qo‘pol qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, ular yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.
Jami bo‘lim xodimlari tomonidan 678 ta tanqidiy maqolalar o‘rganildi. Buning sharofati bilan 32 nafar fuqaroning huquqlari tiklandi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda O‘zbekiston o‘zini ifoda etish va so‘z erkinligi reytingida 133-o‘rinni egallagan edi. Reytingdagi shunday past o‘ringa qaramay, respublika 2000 yildagi 156-o‘rindan 133-o‘ringa ko‘tarildi.