«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati relslarning haddan tashqari qizib ketishi sababli poyezdlar tezligini chekladi, deb xabar qildi boshqarma matbuot xizmati.
Issiqlik sovutish tizimining quvvatiga ham ta’sir qiladi. O‘rnatilgan cheklovlar tufayli poyezdlar kechikishi mumkin.
25 iyul kuni O‘zbekistonda 44 daraja issiq qayd etilgan edi. Bu ob-havo 27 iyul payshanba kunigacha davom etadi.