O‘zbekiston 2023-yilning birinchi yarmida xorijga 6,5 ming tonna tarvuz yetkazib berdi. Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 38,2 foizga ko‘pdir, deya xabar beradi Statistika agentligi.
Pul hisobida 3 million AQSh dollari miqdorida eksport qilingan, jami 14 davlatga tarvuz yetkazib berilgan.
Ko’pchilik o’zbek tarvuzlarini Qozog’iston va Qirg’izistondan sotib oldi – har biri 2 ming tonnadan. Keyingi o’rinlarda Rossiya – 1,5 ming tonna, Latviya – 500 tonna va Litva – 135 tonna.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 562,3 million dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,9 foizga ko‘pdir. Sabzavot va mevalarni yetkazib berishning katta qismi Rossiya Federatsiyasi, Pokiston va Qozog‘istonga to‘g‘ri keldi.