2023-yilning olti oyida O‘zbekistonda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 1,2 milliard so‘mlik alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlandi.
397 nafar qoidabuzardan 725,7 million so‘mlik salkam 43 ming shisha spirtli ichimliklar olib qo‘yildi. Aksiz markalarisiz, eski namunadagi aksiz markalari va qalbaki aktsiz markalari bo‘lgan, zarur hujjatlarsiz, shuningdek, raqamli belgilanmagan mahsulotlarni sotishga uringan.
Shuningdek, 286 nafar tadbirkor va fuqarolardan 450,1 million so‘mlik 39,6 ming quti sigaret va boshqa tamaki mahsulotlari olib qo‘yildi.