O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 8 trillion so‘mdan oshdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22 foizga ko‘pdir
2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 22 foizga oshib, 8,3 trillion so‘mni tashkil qildi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bunday xizmatlar hajmi 6,8 trillion so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 50 trillion so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 23 foizga ko‘pdir.