Yangiliklar

Investorlar yuqori texnologiyalarni tanlaydi

Humans group asoschisi Vladimir Dobrinin- Markaziy Osiyoda superapplar kelajagi, O’zbekistondagi birinchi pre IPO va fintex ekosistemalari asosiy metrikalari haqida.

Vladimir Vladimirovich yanvar oyida Humans kompaniyasi o’zbekistonlik investorlar orasida birinchi imtiyozli aksiyalari transhini amalga oshirdi. Nega aynan investitsiya jalb qilishning bu modelini tanladingiz?

-Humans O’zbekistondagi birinchi superapp, shuning uchun imtiyozli aksiyalarni joylashtirishda mahalliy fond bozor mexanizmlaridan foydalandik. Mamlakatda investitsion struktura endilikda shakllanyapti: IPOlar kam uyushtiriladi, investorlar konservativ, sarmoya kiritish vositalari esa unchalik ko’p emas. Lekin tajribamizdan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, O’zbekiston fond bozoriga kirish real maqsadlarni qo’ysagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin.

Aksiyalarni joylashtirishdan oldin biz oldimizga ikkita maqsad qo’ydik: kompaniyaga moliyalashtirishni jalb qilish va anderrayter Freedom Broker qo’ygan bahoni tasdiqlash. Natijada biz imtiyozli aksiyalarni barchasini amalga oshirishga muvaffaq bo’lib, investorlardan 50 mlrd so’m to’pladik hamda Humansni 150 mln dollarga baholanganini tasdiqladik.

Aksiyalarni chiqarish istalgan startap shakllanishida muhim qadam hisoblanadi. Investorlar shunchaki qimmatli qog’ozlarga kirishga, balki joylashtirish vaqtida kompaniyaning bozordagi real holati, imkoniyatlari va kelajagini baholash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Humansning imtiyozli aksiyalar chiqarishi mahalliy bozorda ushbu trend drayveri bo’lib xizmat qilishi mumkin – aslini olganda kompaniya O’zbekistonda birinchi Pre IPO tashkil qildi. Ehtimol boshqa kompaniyalar ham bu tajribadan foylanashar.

Aksiyalarni chiqarishda anderrayter ishini qanday baholaysiz?

-Biz Freedom Broker bilan hamkorlik qildik va u anderrayter sifatida nostandart vazifani zimmasiga oldi. Boya aytib o’tganimdek, O’zbekiston fond bozorida endi endi shakllanyapti, unda hali ko’p narsa yoki yo’q yoki paydo bo’lish arafasida. Shu sababli bunda Pre IPO modelini sinab ko’rishda birinchilardan bo’lishga to’g’ri keldi. Mahalliy fond bozori o’ziga xosliklariga qaramay, biz Freedom Broker bilan belgilangan sanalarda aksiyalarni ishga tushirdik,va eng muhimi biz barcha imtiyozli aksiyalarni amalga oshirdik, investorlar 50 ming dona aksiyani xarid qilishdi, bunda har bir aksiya bir million so’m bahoda sotildi.

Faqat birjadan tashqarida joylashtirishning boshqa turlaridan foydalanishni reja qilyapsizmi? Humansdan kelajakda IPO o’tkazishni yoki qarz vositalarini yo’lga qo’yishni  kutsa bo’ladimi? Balki «Toshkent» respublika fond birjasida aksiyalar listingiga kirish haqida o’ylayotgandirsiz?

-Agar statistikaga nazar solsak, odatda venchur kapitalini jalb qilish va IPO orasida 6-7 yildan kam vaqt o’tmaydi. Shuning uchun Humansga hali ommaviy joylashtirishga erta. Asosiy ko’rsatkichlarimizni o’stirishni xohlashimizdan oldin bozorda mustahkam o’rnashib olishimiz kerak, ehtimol yangi hududlarga ham chiqishimiz lozimdir. Bunga kamida 3-4 yil kerak bo’ladi, startap yashash siklida esa bu muddat normal hisoblanadi.

Humans O’zbekistonda sperapp quradi, bu mahalliy bozor uchun eksperimental model bo’lishi haqida ko’p aytgansiz, agar kompaniyani shu bosqichda baholasak, eksperiment o’xshadimi?

-O’zingiz baho bering, global inflyatsiya va iqtisodiy pasayishga qaramasdan 2021- yilga nisbatan 2022- yilda foydani 38%ga chiqardik. O’zida fintex servislari, aloqa xizmatlarini jamlagan Humans savdo aylanmasi 230% ga o’sdi. Ammo moliyaviy raqamlar har doim ham to’liq vaziyatni aks ettirmaydi. Biz nafaqat hisobotlardagi raqamlarda qoyil qoldirishni istaymiz balki, asosiy maqsadimiz raqamli va moliyaviy savodxonlikni oshirish va O’zbekistonda superapp formatini ommalashtirishdir.

Agar kundan kunga mijozlar ilovamizdan foydalanmas ekan, mijozlar bazasini o’stirishdan ma’no yo’q. Biz o’zbekistonliklarda yangi raqamli odatlarni shakllantirishni, xususan, naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishni, jamg’armalarni kartada saqlab,keshbeklarni yig’ishlarini xohlaymiz. Bunda mijoz bir nechta imkoniyatlardan bir vaqtda foydalanib, maksimal darajada foyda olishi ko’zda tutiladi.

Kompaniya kelgusida qanday rivojlanmoqchi? Yangi bozorlarga chiqmoqchimisiz,yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarmoqchimisiz?

-Global olib qaraganda, ha! Humans yangi hududlarga chiqmoqchi, lekin avvalambor O’zbekistonda maksimal natijaga erishishni maqsad qilganmiz. Avvalo kompaniya ko’rsatkichlarini ikki yilda ikki baravarga ko’tarib, foydani hamda foydalanuvchilar sonini ham shunchaga oshirish lozim. Bundan tashqari keshbeklarni foydali tovarlarga ayirboshlash mumkin bo’ladigan ichki savdo maydonchasi – marketpleysni rivojlantirishni reja qilyapmiz.

Humans uchun eng muhimi – superappni mahalliy bozor realiga moslashtirish va bu orqali ushbu biznes modelni nafaqat O’zbekistonda balki butun Markaziy Osiyoda qanchalik talabgir ekanligini ko’rsatishdir. Qisman Kaspi buni isbotladi faqat biz boshqa bozor, boshqa reallarda ishlaymiz. Humans nuqtai nazarida muvaffaqiyat –  superappni mahsulot turi sifatida ommalashtirishdir.

Kompaniyaga bo’lgan ortib borayotgan qiziqish esa ekosistema mahsulotlarining mahalliy bozorda katta kelajak kutayotganidan dalolat beradi.