Janubiy Koreyada qancha o’zbek bor

eʼlon qilindi
Milliy statistika xizmati hisoblab chiqdi

Janubiy Koreyadagi o‘zbeklar xorijiy diasporalar soni bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi. O‘tgan yil oxirida mamlakatda 69 ming O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, deb xabar berdi The Korea Times mamlakat statistika xizmatiga tayanib.

Foto: Korea Helard

Mamlakatdagi eng yirik xorijiy diaspora Xitoydan kelgan etnik koreyslardir. Ulardan 527 ming nafari bor. Ikkinchi o’rinda Vetnam fuqarolari – 209 ming, xitoyliklar kuchli uchlikni yopdi – 204 ming.

Janubiy Koreyada Qozog‘istonning 36 ming fuqarosi bor.Bu Markaziy Osiyoda O‘zbekistondan keyingi ikkinchi natijadir.

Koreya mehnat instituti katta ilmiy xodimi Nam Chje Rayanning so‘zlariga ko‘ra, xorijliklar respublika aholisining 3,4 foizini (1,75 million kishi) tashkil qiladi.

Shu bilan birga, 2022 yilda Janubiy Koreya fuqarolari soni 0,1 foizga kamayib, 51,69 million kishini tashkil qildi.

«Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, agar chet el fuqarolari oqimi bo’lmasa, mamlakat aholisi soni 50 milliondan past bo’lib qolish ehtimoli ortib bormoqda», dedi Nam Chje Rayan.

Shuningdek