Joriy yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, «O‘ztelekom» aloqa operatori «Eng tezkor mobil tarmoq» nominatsiyasida Speedtest Awards 2023 g‘olibi bo‘ldi. Reyting Ookla xalqaro kompaniyasi tomonidan tuzilgan.

Ookla Uztelecom mobil internetini 36,96 ball bilan baholadi. Sinovda o’rtacha yuklab olish tezligi 17,34 Mbit / s, yuklash tezligi esa 9,35 Mbit / s ni tashkil etdi.
Undan keyingi o‘rinlarni Ucell (31,98 ball) va Mobiuz (28,22 ball) egalladi.
Beeline mobil interneti eng sekin (17,39 ball) bo‘ldi.

Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha Qozog‘iston va Qirg‘izistondan past.