AQSh senatori O‘zbekiston uchun Jekson-Venik tuzatmasini bekor qilishga chaqirdi

eʼlon qilindi
Tashabbus 1974-yilda qabul qilingan

AQShning Konnektikut shtatidan kichik senatori, Senatning tashqi aloqalar qoʻmitasi aʼzosi Kris Merfi Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Tojikistonga nisbatan Jekson-Venik tuzatmasi bekor qilinishi tarafdori.

Foto: Usnplash

Senatorning fikricha, AQSh kongressmenlari Markaziy Osiyoning uchta respublikasiga doimiy normal savdo aloqalari (PNTR) maqomini berishi kerak. Merfi ta’kidlaganidek, mintaqa davlatlari oʻz iqtisodiyotlarini diversifikatsiya qilishi, shuningdek, Moskva va Pekinga qaramlikni kamaytirishi mumkin.

«Qoʻshma Shtatlar ushbu imkoniyat oynasidan foydalanishi va ekspluatatsiyaga emas, balki hamkorlikka asoslangan strategik muqobil taklif qilishi kerak», dedi Merfi.

Eslatib oʻtamiz, Jekson-Venik toʻgʻrisidagi AQSh Savdo qonuniga kiritilgan tuzatish kongressmenlar Genri Jekson va Charlz Vanik tashabbusi bilan 1974-yilda qabul qilingan. Tashabbus emigratsiyani taqiqlagan va inson huquqlarini buzgan mamlakatlarga savdo cheklovlarini oʻrnatish imkonini berdi.

Avvalroq, «Kursiv» Vashington Qirg‘izistondan kelgan kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar kiritganini yozgan edi.

Shuningdek