O‘zbekiston Ozarbayjon, Vengriya, Yaponiya bilan qanday loyihalarni rivojlantirmoqda
O‘zbekiston Vengriya bilan 33 ta, Ozarbayjon bilan 27 ta, yapon investorlari bilan 13 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolagan.
Bu raqamlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mazkur davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Vengriya investorlari bilan birgalikda respublikada parrandachilik klasterini ishga tushirish, aviakompaniya va boshqa korxonalar ochish rejalashtirilgan.
Yaponiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritayotgan sarmoyalari evaziga turizm, energetika, farmatsevtika va energetika sohalarida loyihalarni ishga tushirish kutilmoqda.
Ozarbayjon bilan hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda – energetika, transport, mashinasozlik kabi yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. Uch davlat bilan qoʻshma hamkorlik Oʻzbekiston eksport salohiyatini qariyb 1,7 milliard dollarga oshiradi.