Bloomberg: Usmonov 723 million dollarga boyib ketdi
Tadbirkor Alisher Usmonov Bloomberg Billionaires Index talqini bo‘yicha dunyoning eng boy 500 kishisi reytingida pasayishda davom etmoqda. Shu bilan birga, joriy yil boshidan buyon uning boyligi 723 million dollarga oshib, 19,2 milliard dollarga yetdi.
2023-yil 3-iyul holatiga ko‘ra, rossiyalik milliarder 91-o‘rinda edi, ammo avgust oyi boshida Usmonov 93-o‘rinni egalladi.
Bloomberg xabariga ko‘ra, milliarder biznesdagi sayohatini Moskva yaqinidagi zavodda polietilen paketlar ishlab chiqarish, shuningdek, tamaki ulgurji savdosidan boshlagan.
1998-yilda Usmonov «Gazprom Investment Holding» bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, keyin esa rahbari etib tayinlandi.
Usmonov USM xoldingiga 2012-yilning dekabr oyida asos solgan. Bugungi kunda milliarder kompaniyaning 49% ulushiga ega.
Bundan tashqari, Usmonov DST fondiga investor bo‘lgan. 2012-yil fevral holatiga ko‘ra, DST Facebookdagi 5,5% ulushga, shuningdek, Airbnb, Spotify va Alibabadagi turli ulushlarga ega edi.