O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi beshta istiqbolli ko‘mir uchastkasini xususiy mulkdorlarga berish orqali geologiya-qidiruv ishlarini tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda u foydali qazilmalar zaxiralarini yaratish va o‘zlashtirish hajmini oshirishga bag‘ishlangan taqdimotda aytib o‘tdi.
Shuningdek, gidrotermal va qora slanetsli uran konlarini o‘zlashtirish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, Angrenda qazib olinadigan ko‘mir sifatini yaxshilash va saralash texnologiyalarini joriy etish zarurligini aytdi.
Bundan tashqari, davlat rahbari yangi kaolin konlarini o‘rganish, uning zaxiralarini 200 million tonnaga yetkazish, ushbu xomashyoni qayta ishlash loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.