Ronaldu boshi bilan rekord o‘rnatdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Umumiy hisobda u rasmiy o‘yinlarda boshi bilan 145 ta gol urgan

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinda boshi bilan 145-golini kiritib, germaniyalik hujumchi Gerd Myuller tomonidan kiritilgan 144 ta gol rekordini yangiladi.

Foto: Global Look Press

Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Arab chempionlar kubogi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Saudiyaning «An-Nasr» hamda Tunisning «Monastir» klublari o‘rtasidagi o‘yinda saudiyaliklar raqiblarini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratganida rekord o‘rnatildi.

38 yoshli portugaliyalik futbolchi 74-daqiqada raqib darvozasini boshi bilan ishg‘ol qildi va besh o‘yindan iborat golsiz seriyani yangiladi va yangi mavsumdagi ilk golini urdi.

Shuningdek