Sanoat korxonalari Prezident nazari bilan

eʼlon qilindi
Prezident “Аngren” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi

2012-yilda tashkil etilgan mazkur iqtisodiy zona Аngren shahri, Ohangaron shahri va tumani, Bekobod shahrining bir qismini qamrab olgan. Bugun ushbu zonada 76 ta korxona, ularda 11 mingdan ziyod aholi ishlamoqda.

Manba: Prezident matbuot xizmati

Ulardan biri – «Premier elektrotech» masʼuliyati cheklangan jamiyatining 23 million dollarlik loyihasi. Oʼtgan yili dekabrda ishga tushgan bu korxona yiliga 100 ming dona kir yuvish mashinasi va 200 ming dona sovutgich ishlab chiqarish hamda 1 million dollarlik eksport quvaatiga ega. 350 kishi ish bilan taʼminlangan. Ikkinchi bosqich shu yil dekabrda foydalanishga topshiriladi va ish oʼrinlari 450 taga yetadi.

Ohangaron metall quvurlar zavodining joyi besh yil oldin unumsiz dala edi. 2018-yildan boshlab sanoat majmuasi barpo etildi. 49 million dollarlik bu loyiha uchun uskunalar Turkiyadan olib kelindi. Yillik 205 ming tonna metall mahsulotlar tayyorlash quvvati yaratilib, 250 ta ish oʼrni yaratilgan. Joriy yilning 6 oyida qariyb 4 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Manba: Prezident matbuot xizmati

«Silk plast quality» korxonasida yiliga 13 ming tonna polimer quvurlar va fiting mahsulotlari tayyorlanadi. 78 kishining bandligi taʼminlangan.

Davlatimiz rahbari shu yerda «Аngren» erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar koʼrgazmasini koʼzdan kechirdi. Yangi loyihalarni shakllantirish, aholi bandligini oshirish boʼyicha koʼrsatmalar berildi.

«Аngren» erkin iqtisodiy zonasida yana 42 ta loyiha boʼyicha ishlar boshlangan. Ularda 5 mingdan ziyod ish oʼrni ochiladi.

Shuningdek