Turkiyaning «Esan Eczacibasi» kompaniyasi Farg‘ona viloyatining Farish tumanida joylashgan Uchqulach rangli metall konini o‘zlashtiradi. Investitsiya shartnomasini «Esan Eczacibasi» kompaniyasi bosh direktori Savash Shahin va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat va savdo vazirligi rahbari Laziz Qudratov imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, kompaniya kon-qayta ishlash kombinati (TOK) va qo‘rg‘oshinli mahsulotlarni qayta ishlovchi zavod quradi.
NKMK 2023-yilning birinchi yarmida 31,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqargani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining qayta ishlash sanoatida metallurgiya ulushi deyarli chorak (24%)ga yetdi. Mutaxassislar joriy yilda tog‘-kon sanoatiga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1,5 milliard dollarga yetishini kutmoqda.