Adliya vazirligi tomonidan Chilonzor tumanidagi Toshkent shahar Davlat xizmatlari markazida navbatdan tashqari xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ochildi.

Hujjatlarni navbatga o‘tirmasdan to‘ldirishga yordam beradi.
U orqali fuqarolar xorijga chiqish uchun biometrik pasport olish, biometrik pasportni ID kartaga almashtirish, tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish kabi 300 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.