Xitoylik bolalar va o‘smirlarga tungi vaqtda internetga kirish taqiqlanadi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Sentyabr oyidan boshlab cheklovlar joriy etiladi

Xitoy hukumati bolalar va o‘smirlarning Butunjahon Internetga qaramligidan xalos bo‘lish uchun ularning internetga kirishini cheklamoqchi.

Foto: Brother_Grin / wwww.depositphotos.com

Xitoyning Kibermakon boshqarmasi mamlakatda 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun soat 22:00 dan ertalabki 6:00 gacha mobil qurilma orqali internetga kirishni taqiqlashini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, bolalar va o‘smirlarning internetda o‘tkazish vaqti yoshga qarab belgilanadi. Sakkiz yoshgacha bo’lgan bolalar uchun kuniga 40 daqiqadan ko’p bo’lmagan chegara joriy etiladi. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lganlar kuniga ko’pi bilan ikki soat Internetda kezishlari mumkin bo’ladi.

Bundan tashqari, tarkib yoshga mos bo’lishi kerak va bolalarga har 30 daqiqada tanaffus qilish kerakligi eslatiladi.

Hozir normativ akt jamoatchilik muhokamasi bosqichida va 2 sentyabrdan kuchga kiradi.

Shuningdek