Yandex Go mobil ilovasida endi taksiga buyurtma berish vaqtida tirbandliklar va narxlar dinamikasini kuzatishga yordam beradigan shoshilinch soatlar jadvali mavjud.
Narxlar indeksi hozirgi vaqtda talab darajasini ko‘rsatadi, shuningdek, sayohat narxi kun davomida qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi. Yangi funksiya mijozlarga mashinaga hozir buyurtma berish yoki pulni tejash uchun talabning pasayishini kutish haqida qaror qabul qilishni osonlashtirish uchun yaratilgan.
Algoritm ob-havo va yo‘l sharoitlarini hisobga olgan holda bir nechta ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarni solishtiradi – yaqin atrofdagi avtomobillar soni va ushbu yo‘nalish bo‘ylab so‘nggi to‘rt hafta davomida sayohat narxi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yandex Go O‘zbekistondagi xayriya jamg‘armalari uchun maxsus dasturni ishga tushirgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, har oy to‘rtta notijorat tashkilot istalgan tarif uchun sayohatlar uchun reklama kodlarini olishi mumkin bo‘ladi.